Instagram foydalanuvchilar xavfsizligini kuchaytirmoqchi 

Texnologiya

image
0:00
0:00
download

Instagram ijtimoiy tarmoqni voyaga yetmaganlar uchun xavfsizroq qilishga mo‘ljallangan yangiliklarni e’lon qildi. Bu haqda kompaniya blogida xabar berilgan.  

“Biz ularni (18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar — tahr.) osonlikcha yangi do‘stlar orttirishlari va oilalari bilan aloqada bo‘lishlarini istaymiz, lekin ularning nomaqbul shaxsiy xabarlar yoki begonalardan kelgan izohlar bilan shug‘ullanishini xohlamaymiz”, deyilgan e’londa. 

Instagram uchta o‘zgartirish kiritishni rejalashtirmoqda: 16 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarning (ba’zi mamlakatlarda 18 yoshgacha — tahr.) akkauntlarini yopib qo‘yish, bunday sahifalarni topishni qiyinlashtirish va reklama beruvchilarning yosh auditoriyaga kirishini cheklash. 

Ta’kidlanishicha, o‘smirlar agar o‘zlari xohlasa, akkauntlarini ochishi mumkin. Biroq, ijtimoiy tarmoq tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatganki, o‘smirlarning 80 foizi sahifalarini yopiq qoldiradi. 

O‘zgarishlar shu haftadan kuchga kirishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Instagram

Baholaganlar

46

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing