Instagram’da fahshni targ‘ib qilgan shaxslar qamaldi
3-sahifa
−
20:03 3814 1 daqiqa
Ahloqsiz videolar olib, uni Instagram orqali tarqatgan shaxslar 10 sutkaga qamaldi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Hujjatda keltirilishicha, 2004 yilda tug‘ilgan J.Y. va 2001 yilda tug‘ilgan A.G. joriy yilning 10 avgust kuni Uchtepa tumanida joylashgan klubda, ya’ni jamoat joyida o‘zlarini ijtimoiy tarmoq faoli sifatida ko‘rsatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan holda ahloqiy buzuq videolarni tasvirga olgan va to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Bundan tashqari, ular baland ovozda baqir-chaqir qilib, shovqin-suron ko‘targan va atrofdagilarning tinchligi hamda osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir qilgan.
Bugun, 12 avgust kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda J.Y. va A.G. qilgan ishlarini tan olgan va bundan pushaymonligini aytib, suddan yengillik berishni so‘ragan.
Ular Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan va shu moddaga asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda Instagram’dagi kelishmovchilik ortidan janjal ko‘targan 7 nafar ayol 5 sutkaga qamalgan edi.
Live
Barchasi