Instagram'da alkogolli ichimlikni reklama qilgan bloger javobgarlikka tortildi
3-sahifa
−
20 iyul 3006 1 daqiqa
Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi blogida alkogolli ichimliklar reklamasini joylashtirgan bloger N. Sobirovga nisbatan ma’muriy chora ko‘rildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘mita tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama materiallarining qonunchilikka muvofiqligi o‘rganilgan. Tekshiruvlar davomida blogerning Instagram’dagi sahifasida alkogolli ichimliklar reklamasi joylashtirilgani aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan. Faqat ayrim turdagi pivo va vinolarni belgilangan talablar asosida reklama qilishga ruxsat etilgan
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, bloger taqiqlangan mahsulot reklamasini tarqatgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan hamda tegishli hujjatlar sudga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Gonzo” taxallusi bilan tanilgan bloger Geydar Aliyev ham Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan festival davomida jamoat tartibiga zid harakatlar sodir etgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan edi.
Live
BarchasiTurkiyada F-16 halokatga uchradi
12 avgust