Insoniyat taqdirini “bir hovuch” davlatlarga topshirib bo‘lmaydi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Insoniyat taqdiri Ikkinchi jahon urushida g‘olib bo‘lgan “bir hovuch davlat”lar marhamatiga qarab qolmasligi kerak. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an shunday fikr bildirmoqda.

“Insoniyat taqdirini Ikkinchi jahon urushida g‘alaba qozongan bir qancha davlatlar rahm-shafqatiga qoldirib bo‘lmaydi va qoldirmaslik kerak. Dunyo o‘zgarmoqda, diplomatiya, savdo, xalqaro munosabatlar tubdan o‘zgarmoqda, global xavfsizlik arxitekturasi o‘zgarmasligini tasavvur qilib bo‘lmaydi”, degan Erdo‘g‘an Angolaga tashrifi davomida ushbu davlat parlamentidagi chiqishida.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarish talablarini eshitishni istamaslik Ikkinchi jahon urushidan keyin shakllangan kvo-maqomni saqlab qolishga urinishdir.

Shu bilan birga Erdo‘g‘an BMT Xavfsizlik Kengashining besh a’zosini nazarda tutib, “dunyo beshdan buyuk” shiorini ilgari surmoqda.

Erdo‘g‘an BMTga a’zo boshqa davlatlarning huquqlarini kengaytirish uchun Xavfsiz Kengashining doimiy a’zolarini “burchakka siqishtirib” qo‘yadigan yo‘l xaritasi ham borligini aytgandi.

Turkiya yetakchisi “Dunyo yanada adolatli bo‘lishi mumkin” nomli kitobida BMT Xavfsizlik Kengashini tubdan isloh qilish kerakligini ta’kidlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

473

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing