Insoniyat taqdiri Xitoy-AQSH munosabatlariga bog‘liq – Si Szinpin

Olam

image

Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin Xitoy-AQSH munosabatlari dunyodagi eng muhim ikki tomonlama munosabatlardan biri ekanini, ular ikki xalqning farovonligi va butun insoniyatning kelajagi bilan bog‘liqligini bildirdi. Bu haqda u AQSH-Xitoy munosabatlari Milliy qo‘mitasining an’anaviy yig‘ilishi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida so‘z ochdi. 

Szinpinga ko‘ra, Xitoy har doim ikki mamlakat munosabatlarini hurmat, tinch va o‘zaro manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan holda qurib kelgan. Shuningdek, u Pekin har doim Xitoy va Qo‘shma Shtatlar yutuqlarini bir-birlari uchun imkoniyat deb bilishini, ikkala mamlakat bir-birini rivojlanishda qo‘llab-quvvatlashi kerakligini ta’kidlagan.

“Xitoy Qo‘shma Shtatlar bilan sherik va do‘st bo‘lishga tayyor, bu nafaqat ikki mamlakatga, balki butun dunyoga foyda keltiradi", deb ta’kidladi Xitoy rahbari.

Ma’lumot uchun, AQSH-Xitoy munosabatlari Milliy qo‘mitasi 1966 yilda AQSHda olimlar, siyosatchilar, diniy arboblar va ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni o‘sha paytdagi jahon siyosati doirasida qiziqib kuzatgan tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtabi rahbari Liza Franchetti 2027 yilgacha Xitoyga qarshi ehtimoliy harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rish rejasini e’lon qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing