Insoniyat Ikkinchi Jahon urushidan beri eng yomon iqtisodiy tanazzulga yuz tutdi – Si Szinpin

Olam

image

COVID-19 koronavirus pandemiyasi Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yomon iqtisodiy tanazzulga sabab bo‘ldi. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin Jahon iqtisodiy forumida aytib o‘tdi.

“Hozirgi kunda insoniyat Ikkinchi Jahon urushi tugagandan beri eng yomon iqtisodiy tanazzulga yuz tutdi”, degan Si Szinpin. U hozirgi vaziyatda makroiqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish eng muhim vazifa ekanini ta’kidlagan.

XXR raisi mamlakatlar iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash choralariga trillionlab dollar sarflaganini, ammo shunga qaramay dunyodagi iqtisodiy vaziyat beqarorligini ta’kidladi.

Si Szinpin mamlakati boshqa davlatlarga COVID-19 ga qarshi kurashda yordam berib kelayotganini qo‘shimcha qildi.

“Xitoy shu paytgacha 150 dan ortiq mamlakatga va 13 ta xalqaro tashkilotga pandemiyaga qarsh yordam ko‘rsatdi, 36 ta tibbiyot mutaxassislar guruhini muhtoj mamlakatlarga yubordi, xalqaro vaksinalar bo‘yicha hamkorlikni faol qo‘llab-quvvatlamoqda va ishtirok etmoqda”, degan XXR raisi.


Maqola muallifi

Teglar

Si Tszin'pin

Baholaganlar

143

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing