Fundamental inson huquq va erkinliklari cheklanganicha qolmoqda – YeXHT saylov bo‘yicha hisobotini e’lon qildi
Jamiyat
−
11 Oktabr 2021
7185O‘zbekistonda Konstitutsiyada kafolatlangan fundamental inson huquq va erkinliklari quyi qonunlar bilan cheklanganligicha qolmoqda. Bu haqda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT)ning Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi (DIIXB) Saylovni kuzatish missiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘yicha taqdim etgan Oraliq hisobotida so‘z borgan.
Hisobot avvalida, DIIXB O‘zbekiston saylov qonunchiligiga saylov kampaniyasini o‘tkazish bo‘yicha kiritilgan o‘zgartirishlarni olqishlagan.
“Oxirgi o‘zgartishlar DIIXBning avvalgi tavsiyalaridan ba’zilariga bog‘liq. Avvalgi kampaniya tadbirlari to‘g‘risida 30 kun avval rozilik olish talabi olib tashlandi, o‘rniga 3 kun avval xabar qilish talabi kiritildi. Davlat xizmatidagi kishilar tomonidan kampaniya o‘tkazish taqiqlandi va oraliq kampaniya moliya hisoboti kiritildi. Saylov ma’muriyati va sud organlarining saylov borasida nizolarni hal qilishdagi baham ko‘rilgan vakolati bir biridan ajratildi, muqobil muhokama bartaraf etildi. Boshqa o‘zgartishlar quyi darajadagi saylov komissiyalarni tuzilishini o‘zgartirish va ularni kengaytirishga, mamlakatdan tashqarida ovoz berish, natijalarni e’lon qilish va saylov jarayonining boshqa texnik jihatlari bilan bog‘liq”.
Qayd etilishicha, DIIXBning ancha avvalgi tavsiyalari, jumladan ovoz berish huquqlariga, mustaqil nomzodlarni taqiqlashga va kampaniyani muqobil manbalardan moliyalashtirishga va fuqaro kuzatuvchilarga yo‘l qo‘yish hamon ko‘rib chiqilmagan.
“Konstitutsiyada kafolatlangan fundamental inson huquqlari va erkinliklari quyi qonunlar bilan cheklanganligicha qolmoqda. DIIXBning avvalgi tavsiyalariga qaramay, tuhmat va obro‘ga putur yetkazish, garchi 2020 yilda ushbu qilmish uchun sanksiyalar qatoridan qamoq jazosi olib tashlangan bo‘lsa-da, hamon jinoyat hisoblanadi”, deyiladi YeXHT DIIXBning Oraliq hisobotida.
Qayd etilishicha, yuqoridagi kabi sanksiyalarning kuchaytirilishi so‘z erkinligini yanada cheklagan.
Hisobotda aytilishicha, mamlakatda ekstremizm tushunchasi keng ta’riflanib, erkin talqin va qo‘llash imkoniyatiga yo‘l ochadi. DIIXBga ko‘ra, BMT Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi 2020 yil e’lon qilgan O‘zbekistonning beshinchi davriy hisobotiga yakuniy mulohazalarida “ekstremizm”, “ekstremist faoliyat” va “ekstremist materiallar”ning “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunidagi ta’rifini ortiqcha keng va mavhum, deb baholagan va bunday qonunni qo‘llash fundamental erkinliklarni noo‘rin cheklash uchun qo‘llanilishi borasida tashvish bildirgan.
Shuningdek, hisobotda O‘zbekistonda ommaviy yig‘ilishlar (miting) qonun bilan taqiqlangani, ammo bu biroq qonun bilan tartibga solinmasligi xususida ham so‘z boradi.
“2021 yildagi Konstitutsiyaga o‘zgartish bilan yig‘ilish erkinligini qonun osti aktlar bilan cheklash taqiqlandi, ammo yig‘ilish erkinligi biron bir maxsus qonun bilan tartibga solinmaydi. Biroq, jinoyat va ma’muriy qonunlarda noqonuniy yig‘ilishlar va ro‘yxatga olinmagan uyushmalar taqiqlanadi va ular uchun jazo tayinlangan.DIIXB avval ortiqcha yuk hosil qiladigan va ixtiyoriy qo‘llashga ochiq deb baholagan siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishga doir qonun hujjatlari hamon o‘zgartirilmagan”.
Ta’kidlanishicha, 2019 yilda DIIXB Miting, yig‘ilish va namoyishlar to‘g‘risidagi qonunning loyihisini yig‘ilish erkinligi borasidagi xalqaro standartlar talabiga javob bermaydi, deb baholagan.
Oraliq hisobotda so‘nggi yildagi ijobiy o‘zgarishlar xususida ham so‘z borgan. Alqanishicha, 2020 yilda mamlakat ichida harakatlanish va chet elga chiqish nizomlar liberallashtirilgan, natijada chiqish vizalari bekor qilindi va yashash joyini tanlash osonlashgan, o‘z navbatida bu saylovchilarni ro‘yxatga olishga ta’sir ko‘rsatgan.
2019 yilda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun bilan esa saylov komissiyalarini shakllantirishda imkoniyatlar tengligini belgilamoqda.
2021 yilda O‘zbekiston BMTning 2006 yilgi Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini (NBSHK) ratifikatsiya qilgan. Bu asosda mamlakatda 2021 yilda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi yangi qonun qabul qilingani, u siyosiy hayotda kamsitilishsiz ishtirok etishni kafolatlashi olqishlanadi.
LiveBarchasi