Ingliz matbuotining xabarlari fransuz futbolchilarini yanada jipslashtirdi

Sport

image

Fransuz futbolchilari Angliyaga qarshi JCH-2022 chorak final uchrashuvi oldidan ingliz matbuotida yozilgan xabarlardan hayratda qoldi. Bu haqda "RMC Sport" nashri xabar berdi.

Ingliz nashrlari Fransiya terma jamoa sardori Ugo Lorisni jamoaning zaif nuqtasi deb atadi. Ko‘p yillardan beri APLda o‘ynab kelayotgan va o‘zini ijobiy tomonlama namoyon qilgan darvozabonga nisbatan bunday gaplar ishlatish fransuz futbolchilarini hayratda qoldirdi, biroq ingliz nashrlarining yozganlari Fransiya terma jamoasini yanada ruhlantirdi va jamoa o‘z sardori atrofida kuchliroq birlashdi. Angliyaga qarshi uchrashuvda Ugo Lorisning seyvlari muhim rol o‘ynadi.

Jahon chempionatining chorak finalida Fransiya Angliyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda "Uch ranglilar" Marokash bilan kuch sinashadi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar2022 JCH2022

Baholaganlar

361

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing