Infantino janjal sabab FIFA rahbariyatini favqulodda yig‘ilishiga chaqirdi
Sport
−
05 avgust 1338 2 daqiqa
FIFA prezidenti Janni Infantino tashkilotning tijorat va tashkiliy aktivlarini sotish rejasi atrofidagi tanqidlar kuchayganidan so‘ng, FIFA rahbariyatini favqulodda yig‘ilishiga chaqirdi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, yig‘ilish bugun, 5 avgust kuni Marokash poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tadi. Manbalarning ta’kidlashicha, Infantino so‘nggi kunlarda keskinlashgan inqirozdan chiqish yo‘lini izlamoqda.
Qayd etilishicha, FIFA’ning yangi loyihasiga qarshi bir qator yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan, global futbolni rivojlantirish bo‘yicha direktor Arsen Venger, FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom hamda Iordaniya futbol federatsiyasi prezidenti shahzoda Ali chiqish qilgan. Arsen Venger mazkur tashabbusning bekor qilinishi “mutlaqo zarur” bo‘lganini ta’kidladi.
“Men ushbu strategik rejani ishlab chiqishda ishtirok etmaganman va bu haqda birinchi marta ommaviy axborot vositalari orqali eshitdim. Loyihaning qaytarib olinishi zarur edi. Men o‘yinga halol, shaffof va mas’uliyatli xizmat qiladigan mustaqil FIFA g‘oyasiga qat’iy ishonaman”, deydi fransiyalik mutaxassis.
FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom esa xodimlarga yo‘llagan ichki murojaatida o‘tgan haftani “achinarli va sharmandali voqealar silsilasi” deb atagan.
Shahzoda Ali esa tanqidlarni yanada keskinlashtirib, tashkilot rahbariyatini “deyarli shantaj bilan chegaradosh” vaziyatni yuzaga keltirganlikda aybladi. Uning fikricha, milliy assotsiatsiyalarga mukofot pullarini taqsimlash masalasi Janni Infantinoni qayta saylovda qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘lab qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, mojaro oqibatida dastlabki iste’fo ham kuzatildi. FIFA’ning strategiya va global boshqaruv bo‘yicha katta maslahatchisi Karlos Kordeyro lavozimini tark etdi.
U taklif etilgan loyihani “futbol uchun yomon kelishuv” deb baholab, bu tashabbus “o‘yinning kelajagini xavf ostiga qo‘yishi”ni ta’kidladi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust