Infantino Jahon chempionatining asosiy favoritini aytdi
Sport
−
16:04 1579 1 daqiqa
FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionati favoritlari haqida to‘xtalar ekan, Ispaniya terma jamoasining imkoniyatlarini yuqori baholadi. Bu haqda Infantino AS nashriga bergan intervyusida to‘xtaldi.
FIFA rahbari Ispaniyaning kuchli tomonlarini alohida e’tirof etib, FIFA reytingida birinchi o‘rinda borayotgan jamoa tabiiy ravishda turnir favoritiga aylanishini ta’kidladi:
“Ispaniya, albatta, boshqa jamoalar qatori favoritlardan biri. Biz allaqachon Ispaniya terma jamoasining kuchli tomonlarini yaxshi bilamiz. Reytingda birinchi o‘rinni egallagan jamoa Jahon chempionatida ham asosiy favoritlardan biri bo‘lishi tabiiy”, deydi Janni Infantino.
Tarixdagi eng yirik – 48 ta jamoa ishtirok etadigan navbatdagi mundial 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Qur’a natijalariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi “H” guruhidan joy oldi. “Qizil furiya” guruh bosqichida Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni va Urugvay terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Ispaniyaliklar guruhdagi ishtirokini 15 iyun kuni Kabo-Verdega qarshi o‘yin bilan boshlaydi.
Ma’lumot uchun, Ispaniya aynan 2010 yili ham “H” guruhidan joy olib, yakunda Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi.
Live
Barchasi