Infantino O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga yetib bordi (video)

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bugun, 6 may kuni Infantino futbol festivalida ishtirok etish uchun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga bordi.

Infantinoni O‘zbekiton futbol assotsiatsiyasi prezidenti Abdusalom Azizov, vitse-prezident Ravshan Ermatov va Odil Ahmedov hamda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromovlar kutib oldi.

Shuningdek, FIFA rahbari O‘zbekistondagi viloyat futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari bilan ko‘rishdi.

Infantino bugun O‘zbekiston chempionati 9-turidan o‘rin olgan Bunyodrkor-Olimpik o‘yiniga borishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing