Infantino Meksikaning CONMEBOL’ga o‘tishiga yordam bermoqchi – OAV

Sport

image

FIFA prezidenti Janni Infantino Meksika futbol federatsiyasining (MFF) Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL)ga qo‘shilishida yordam berishga va’da berdi. Bu haqda AS xabar berdi.

Avvalroq, MFF Shimoliy, Markaziy Amerika va Karib havzasi futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) doirasida Infantinoning FIFA Forward Enterprise tijoriy loyihasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan yagona federatsiya bo‘lgan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, KONKAKAF Meksika terma jamoasini Oltin Kubokdan, klublarni esa Liga Kubogidan chetlatish hamda Jahon chempionati saralash bosqichida ochkolardan mahrum qilish bilan tahdid qilgan.

Manbaga ko‘ra, MFF FIFA Forward Enterprise loyihasi muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramay, Infantinoni qo‘llab-quvvatlashda davom etgan. Bunga FIFA prezidentining avvalroq Meksikaga KONKAKAFdan CONMEBOL’ga o‘tishda yordam berishni va’da qilgani sabab bo‘lgan.

Meksika terma jamoasining Kopa Amerika, mamlakat klublarining esa Libertadores kubogi musobaqalarida ishtirok etishi sababli MFF KONKAKAF rahbariyati va boshqa a’zolari bilan munosabatlari sovuqlashgan.

Ta’kidlanishicha, Meksikaning CONMEBOL’ga o‘tish jarayonidagi omillardan biri 2030 yilgi Jahon chempionatining 64 ta jamoagacha kengaytirilishi bo‘lishi mumkin. Bu holat CONMEBOL’ga turnirda ko‘proq o‘rin ajratilishiga olib keladi va Meksikaning Jahon chempionatiga yo‘llanma ololmay qolish xavfini kamaytiradi.

Meksika, shuningdek, 2029 yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina futbol assotsiatsiyasi ham FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirgan rasmiy bayonotni e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing