Infantino FIFA prezidentligiga qayta saylandi

Sport

image

Bugun, 16 mart kuni Ruanda poytaxti Kigali shahrida bo‘lib o‘tgan FIFAning 73-kongressida tashkilot prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Kongressda Janni Infantino 2027 yilgacha FIFA rahbari etib saylandi.

Infantino saylovda yagona nomzod sifatida g‘olib chiqdi. U 2016 yilda FIFA prezidenti bo‘lib faoliyat yuritmoqda. 2019 yilda ham Infantino boshqa nomzod bo‘lmagani bois o‘z lavozimiga qayta saylangandi.

Unga qadar FIFA prezidenti shveysariyalik Yozef Blatter edi. 2015 yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi Blatterga nisbatan korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy ish qo‘zg‘atganidan so‘ng, u lavozimidan chetlashtirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA Infantino

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing