Indoneziyadagi zilzila qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi?
Jamiyat
−
17:42 447 1 daqiqa
Avvalroq, Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasida 7,7 magnitudali zilzila sodir bo‘lgani va oqibatda kamida 38 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yo‘q. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.
Bildirilishicha, O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi elchixonasi vaziyatni diqqat bilan kuzatib, mahalliy hokimiyat organlari bilan aloqada bo‘lib turibdi. Hozirgi vaqt holatiga ko‘ra, vafot etganlar va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari aniqlanmagan.
“Indoneziyaning Sharqiy Nusa-Tenggara provinsiyasida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida insonlar halok bo‘lgani haqidagi xabarni katta qayg‘u bilan qabul qildik. Marhumlarning yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz, jarohatlanganlarga esa tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilaymiz”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Sharqiy Nusa-Tenggara, G‘arbiy Nusa-Tenggara va Janubiy Sulavesi hududlarining ayrim qismlarida kuchli silkinish sezilgan. Bir nechta hudud aholisi zilzila taxminan bir daqiqa davom etganini bildirgan.
Live
Barchasi