Indoneziyada zilzila kurbonlari qariyb 4 baravar ko‘paydi
Olam
−
21 noyabr 2022
5038Indoneziyada 5,1 magnitudali zilzila qurbonlari soni 162 kishiga yetdi. Bu haqda bugun, 21 noyabr kuni Indoneziyaning “Kompas” gazetasi G‘arbiy Yava provinsiyasi hukumati vakillariga tayanib xabar berdi.
Ularga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati bolalardir. Avvalroq 46 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Zilzila epimarkazi poytaxt Jakartadan 74 km janubi-sharqda joylashgan. Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, silkinish o‘chog‘i 5 km chuqurlikda sodir bo‘lgan.
Indoneziya Tinch okeani havzasidagi yoriqlar tufayli tez-tez zilzilalar, vulqon otilishi va sunamilarga duchor bo‘ladi. Xususan, 2004 yilgi kuchli zilzila va sunami deyarli 230 000 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15