Indoneziyada vayronkor zilzila sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor
Olam
−
15 yanvar 2021
6405Indoneziyaning Sulavsei orolida yuz bergan zilzila yetti kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bu haqda Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy agentligi ma’lum qilgan.
Kechasi soat 02:18 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi 6,2 ballni tashkil qilgan. Zilzila epimarkazi Mamuju shahridan olti kilometr shimoli-sharqda joylashgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, minglab odamlar xavfsiz joy qidirib, o‘z uylarini tark etganlar. Ikkita mehmonxona, gubernator ofisi, savdo markazi va jami 60 dan ziyod bino zarar ko‘rgan.
Zilzila oqibatida shifoxona qulab tushgani aytilmoqda. Vayronalar ostida 10 kishi qolib ketgan.