Indoneziyada o‘zbek-xitoy vaksinasidan foydalanishga ruxsat berildi
Olam
−
07 Oktabr 2021
2979Indoneziya Oziq-ovqat mahsulotlari va dori preparatlari nazorati agentligi (BPOM) Xitoy-O‘zbekiston hamkorligida ishlab chiqarilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasidan favqulodda foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda BPOM rahbari Penni Lukito ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, xalqaro nomi Zifivax bo‘lgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining I, II va III faza tadqiqotlari uning nojo‘ya ta’sirlari kamligini hamda vaksinaning 3-dozasidan keyin 7 kun o‘tgach samarasi 81,71 foizni tashkil etishini ko‘rsatgan.
Vaksinaning III faza sinovlarida jami 4 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan. Preparat koronavirusning COVID-19 asl variantiga nisbatan qo‘llanilganda 92,92 foiz, Gamma shtammida 100 foiz, Deltada 77 foiz va Kappa shtammida 90 foiz samara bergan.
Ma’lumot o‘rnida, Zifivax O‘zbekiston va Xitoy hamkorligida “Anhui Longcom Biopharmaceutical” kompaniyasida ishlab chiqarilgan. Zifivax vaksinasining 3-bosqich klinik sinovlari 28 mingdan ortiq ko‘ngillilar ishtirokida bir qancha mamlakatlar tomonidan o‘tkazilgan.
LiveBarchasi