Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Indoneziyaning sharqiy Papua mintaqasida kuchli yomg‘irdan keyin sodir bo‘lgan suv toshqinlari va ko‘chkilar oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Indoneziya hukumati sharqiy Papua mintaqasida daryodan o‘tayotganda 15 kishi, asosan bolalar suv ostida qolgani va suv toshqinidan zarar ko‘rgan boshqa qishloqda bedarak yo‘qolgan sakkiz nafar bolani qidirish ishlari davom etayotgani haqida xabar bergan.

Mahalliy politsiya boshlig‘i Alfredo Agustinus Rumbiakning aytishicha, hodisa joriy yilning 1 noyabr kuni Nduga viloyatining chekka Dal qishlog‘ida yuz bergan. U yerda kuchli yomg‘ir daryoning ko‘tarilishiga olib kelgan va sakkiz yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 15 kishini oqizib ketgan. Rumbiakning qo‘shimcha qilishicha, bir nafar jasad topilgan, qolganlarini qidirish ishlari davom etmoqda. 

Politsiya shu kunning o‘zida yaqin atrofdagi qishloqda sodir bo‘lgan shunga o‘xshash hodisada suv ostida qolgan sakkiz nafar bolani ham qidirmoqda. Bolalar ota-onalari bilan boshqa daryoni kesib o‘tayotganida, ko‘tarilgan suv ularni tortib ketgan. 

Indoneziyaning tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish agentligi aholini Papuaning bir qancha hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani va toshqinlarga tayyor bo‘lish haqida ogohlantirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vetnamda so‘nggi kunlarda kuzatilgan kuchli toshqin va ko‘chkilar oqibatida kamida 37 kishi halok bo‘lgandi. Rasmiylar haftaning oxirida quruqlikka chiqishi kutilayotgan yana bir kuchli tayfun yaqinlashayotgani haqida ogohlantirgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

suv toshqin Indonezi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing