Indoneziyada kuchli zilzila bo‘ldi. Qurbon bor

Olam

image

Indoneziyaning Ternate sohilida magnitudasi 7,4 bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. 

Hodisadan keyin mintaqada sunami haqida ogohlantirish berilgan, biroq keyinchalik tahdid bekor qilingan. Kamida bir kishi halok bo‘lgan. 

AQSH Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Ternatedan 127 km g‘arb-shimol-g‘arb tomonda joylashgan va yer qobig‘ida 35 km chuqurlikda yuzaga kelgan. Dastlab zarbalar kuchi yuqori baholangan, keyinchalik magnituda 7,4 ga aniqlashtirilgan.

Zilzila oqibatida Shimoliy Sulavesida 70 yoshli ayol halok bo‘lgan. Shuningdek, jarohat olganlar ham bor. Zilzila Ternate, Bitung va boshqa shaharlarida ham sezilgan. Odamlar qo‘rquvdan uy va maktablardan tashqariga yugurishgan.

Zilziladan keyin bir nechta joylarda kichik sunamilar kuzatilgan. Eng baland to‘lqin Shimoliy Minaxasada 0,75 metrga yetgan. Keyinchalik Indoneziya va xalqaro xizmatlar sunami tahdidini bekor qilgan.

Ternate shahrida bir necha bino-uylar, cherkov va sport kompleksi zarar ko‘rgan. Qutqaruvchilar va mahalliy hokimiyatlar zararni baholashda davom etmoqda. Asosiy zarbadan so‘ng afternshotlar ham qayd etilgan.

Indoneziya tez-tez kuchli zilzilalarga duch keladi, chunki u Tinch okeani olov halqasi hududida joylashgan – yuqori seysmik faollikka ega zona.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘onistonda oxirgi ikki kun ichida kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari binolarning qulashiga va 22 kishi halok bo‘lishiga olib kelgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya zilzila Ternate

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing