Indoneziyada inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi

Olam

image

Joko Vidodo (Prezident) va Ma’ruf Amin (vitse-Prezident) Indoneziya Respublikasini 2019—2024 yillarda boshqaradi. Bu haqda  Regnum xabar bermoqda.

Mamlakat poytaxti Jakartada kecha, 20 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan inauguratsiya marosimiga Avstraliya, Malayziya, Singapur, Kambodja Bosh vazirlari, Bruney sultoni, Xitoy va Vetnam vitse-Prezidentlari, shuningdek, AQSH, Tailand, Filippin va Yaponiyadan vakillar tashrif buyurgan.

Ma’lumot uchun: inauguratsiya marosimi Joko Vidodo uchun ikkinchi va so‘nggi inauguratsiya, chunki Indoneziya konstitutsiyaga ko‘ra, bir shaxs qatorasiga ikki muddat mamlakatni boshqarishi mumkin emas. U oldingi besh yil Yusuf Kalla (vitse-Prezident) bilan ishlagandi, keyingi besh yil Ma’ruf Amin unga hamkor bo‘ladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Joko Vidodo Indoneziya Prezidenti

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing