Indoneziya Prezidenti yangi poytaxtga ko‘chmoqda

Olam

image

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo 10 sentyabr kuni mamlakatning yangi poytaxti Nusantaraga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda “Jakarta Globe” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, Joko Vidodo 10 sentyabr kuni Nusantaradagi qarorgohida ish boshlaydi va u yerda prezidentlik muddati tugaguncha faoliyat olib boradi.

“Prezidentning ish joyiga aylanadigan Garuda saroyi tayyor. Demak, Prezident keyingi Prezidentga hokimiyatni topshirishdan oldin Garuda saroyida ishlash qanday ekanligini his qilishni istashi normal holat. Bu loyiha haqiqatan ham uning merosi” deydi Prezident matbuot kotibi Hasan Nasbiy.

Ma’lumot uchun, Joko Vidodo 2019 yilda Indoneziya poytaxtini Jakartadan ko‘chirish g‘oyasini ilgari surgan. Dastlab metropol Kalimantan orolida 2024 yilgacha qurilishi rejalashtirilgan edi. Ushbu maqsad uchun qariyb 32 milliard dollar ajratilgan, ammo COVID-19 pandemiyasi tufayli loyiha to‘xtatilgan. 2022 yil yanvar oyi o‘rtalarida davlat rahbari yangi poytaxt Nusantara (“arxipelag” ma’nosida) deb nomlanishini e’lon qilgan. 28 iyul kuni Joko Vidodo o‘zining ilk ish kunlarini o‘tkazish uchun u yerga borgan, biroq 30 iyul kuni mamlakat hukumati joylashgan Jakartaga qaytib kelgan. Fevraldagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Prabovo Subianto Nusantaradagi poytaxt qurilishini tugatishga sodiqligini va u yerga ko‘chib o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi. U shu yilning 20 oktyabrida prezidentlikka qasamyod qiladi va amaldagi Prezident Joko Vidodo o‘rnini egallaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya Joko Vidodo Prabovo Subianto Nusantara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing