Video: Indoneziyada cherkov oldida kuchli portlash yuz berdi
Olam
−
28 mart 2021
4813Bugun, 28 mart kuni Indoneziyaning Janubiy Sulavesi viloyati markazi Makasar shahridagi katolik cherkovi yaqinida portlash yuz berdi. Bu BBC xabar tarqatdi.
Portlash vaqtida cherkovda odamlar bo‘lgan. Hodisada kamida 10 kishi jarohatlangan. Politsiya hudkush terrorchi bomba portlatgan deb taxmin qilyapti. Hodisa joyidan inson tanasining parchalari topilgan. Ammo ular bir kishi bo‘lganmi yoki ikki hozircha noma’lum.
Portlash ortida kim turgani noma’lum. Negaki hech bir radikal guruh javobgarlikni o‘zi zimmasiga olmagan.
Ruhoniy Vilxemus Tulakning aytishicha, qo‘riqchilar hudkushni ushlashga harakat qilgan. U mototsiklda kelgan va cherkovga kirishga uringan.
Portlash chervokning yon tomonidagi kirish qismida yuz bergan. Videokuzatuv kameralari olov, tutun va atrofga sochilgan parchalarni suratga olgan.
LiveBarchasi