Indoneziyada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 18 yanvar kuni Indoneziyaning Shimoliy Sulavesi viloyatida 7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Shuningdek, zilzila Maluku orollarida ham sezilgani aytilmoqda. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakatning Shimoliy Sulavesi poytaxti Manado shahrida sodir bo‘lgan kuchli zilzila tufayli odamlar binolarni tark etishga majbur bo‘lgan. Indoneziya tabiiy ofatlar agentligi zilzila epimarkazi Manado shahridan janubi-sharqdagi 64 kilometr chuqurlikda ekanligini aytgan.

Zilzila oqibatida qurbonlar yo‘q, sunami haqida ogohlantirish ham berilmagan.

Ma’lumot uchun, Indoneziya “Tinch okeanining olov halqasi” deb nomlangan nuqtasida joylashgan bo‘lib, bu mamlakatni dunyodagi eng seysmik faol mintaqalardan biriga aylantirgan. Shu sababli mazkur hudud tez-tez zilzilalarni boshdan kechiradi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Indoneziya zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing