Indoneziyada 7,3 balli zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 13 dekabr Indoneziyaning Flores oroli yaqinida 7,3 magnitudali dengiz osti yer silkinishi sodir bo‘ldi. Hozirgacha zilziladan hech kim zarar ko‘rmagan. Bu haqda “Arab News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila dengiz ostida 18,5 kilometr (11,5 milya) chuqurlikda bo‘lgan va mintaqa aholisi  darhol sunami xavfi bilan ogohlantirilgan. Biroz o‘tib ogohlantirish bekor qilingan.

Tabiiy ofatlar oqibatlarini yumshatish bo‘yicha milliy agentlik vakili Abdul Muhariyning aytishicha, hudud aholisi zilziladan daxshatga tushgan va ayrimlar yashash joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

“Biz qirg‘oqbo‘yi hududlaridagi odamlardan plyaj chiziqlaridan uzoqlashishni so‘radik, chunki u yerda 1972 yilda katta sunami bo‘lgan”, deya ta’kidlagan  agentlik vakili.


Maqola muallifi

Teglar

Indoneziya zilzila

Baholaganlar

107

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing