Indoneziyada 6,2 balli zilzila sodir bo‘ldi
Olam
−
24 Sentabr 2022
3175Indoneziya sohillarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar berdi.
AQSH Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila epitsentri Mulaboh shahridan 40 km janubi-g‘arbda joylashgan. Yer silkinishlari 49 km chuqurlikda qayd etilgan.
Zilzila natijasida qurbonlar yo‘q, sunami haqida ogohlantirish ham berilmagan.
Indoneziya meteorologiya, iqlimshunoslik va geofizika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila kuchi 6,4 ballni tashkil qilgan.
LiveBarchasi