Indoneziyada 5,1 magnitudali zilzila yuz berdi
Olam
−
09 fevral 2023
10764Indoneziyaning sharqiy qismida 5,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “Central Asia” xabar berdi.
Zilzila epimarkazi Indoneziyaning Yangi Gvineya orolidagi Papua provinsiyasining Abepura shahridan 11 km (62 ming kishi yashaydi) va Jayapura shahridan (134 ming kishi) 23 km uzoqlikda joylashgan.
Hozircha hech qanday zarar va qurbonlar qayd etilmagan.
Ma’lumot uchun, Indoneziya tez-tez vayron qiluvchi zilzilalardan aziyat chekadi. Seysmik faollikka moyil bo‘lgan davlatlar ichida ikkinchi o‘rinda turadi.
2022 yilning kuzida mamlakatda 5,6 magnitudali zilzila yuz berdi, oqibatda yuzlab odamlar halok bo‘ldi. Shuningdek, mamlakatdagi eng talafotli zilzila 2004 yil sodir bo‘lib, 230 000 kishi halok bo‘lgandi.