Indoneziyada hukumat tarqatgan ovqatdan 800 kishi zaharlandi
Olam
−
14:57 617 1 daqiqa
Indoneziyada hukumat tarqatgan bepul ovqatdan qariyb 800 nafar odam zaharlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Sharqiy Yavaning Sidoardjo hududida 512 nafar o‘quvchi, Nganjuk shahrida 49 nafar kishi, G‘arbiy Sumatraning Agam hududida esa 237 nafar kishi ovqatdan zaharlangan.
Parlament komissiyasi a’zosi Charlz Xonorisning ta’kidlashicha, bu holatlar alohida hodisalar emas. Deputat vaziyatni “tizimdagi muammo” deb baholagan.
Mazkur dasturni nazorat qiluvchi Milliy oziqlanish agentligi hozircha deputatning bayonoti yuzasidan izoh bermagan. Agentlik Sidoardjodagi zaharlanish holatiga aloqador oshxonani 2 sentyabr kuni faoliyatini to‘xtatgan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8 avgust holatiga ko‘ra, hukumatning bepul ovqat dasturi bilan bog‘liq ommaviy ovqatdan zaharlanish holatlaridan 37 ming 600 nafar kishi jabrlangan.
Rasmiylar ovqatdan zaharlanish holatlariga ko‘pincha taomlarning noto‘g‘ri saqlanishi va tayyor ovqatlarni kech yetkazib berish sabab bo‘layotganini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hindistonning Bixar shtatidagi Parsa o‘rta maktabida o‘quvchilarga tuz o‘rniga kir yuvish vositasi solingan taom berilgani aytilib, 34 nafar bola shifoxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi