Indoneziya poytaxti ko‘chirilmoqda

Olam

image

Indoneziya poytaxti asta-sekin cho‘kib borayotgan Jakartadan 1 200 km uzoqlikda joylashgan o‘rmonga ko‘chiriladi. Bugun, 18 yanvar kuni mamlakat Parlamenti poytaxtni Burneoga ko‘chirish haqidagi qarorni tasdiqlagan. 

Qayd etilishicha, bugun Vakillar palatasi ilk marotaba 2019 yil aprel oyida mamlakat Prezidenti Joko Vidodo tomonidan ilgari surilgan taklifni ma’qullagan. Prezident aholi sonining ortib ketishi sababli yashash sharoiti yomonlashgan va dengiz sathining ko‘tarilishi oqibatida cho‘kib borayotgan Yava orolidagi poytaxt Jakartani ko‘chirishni taklif qilgan. 

Bunga qadar, ekspertlar noqulay geografik joylashuvi va so‘nggi yillarda soni keskin ortgan to‘fon va sunami kabi tabiiy ofatlar oqibatida, hozirda 30 million aholi yashaydigan Jakartaning 2050 yilga borib uchdan bir qismi suv ostida qolishini ma’lum qilishgan.  

Bildirilishicha, yangi poytaxtning umumiy maydoni 56 180 gektarga teng hududni o‘z ichiga oladi. Kelgusida uning atrofidagi yana 256 142 gektar yer o‘zlashtirilib, yangi poytaxtga qo‘shib olinishini aytilgan.

Yangi poytaxt barcha zaruriy qulayliklarga ega bo‘lib shahar arxitekturasi “Smart city” loyihasi asosida quriladi. 

2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan qurilish ishlari COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli ortga surilgan. 

Poytaxt ko‘chirilishi ma’lum qilingan Burneo, o‘rmonli hudud bo‘lganligi bois ko‘plab palma yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun plantatsiya maydoni hisoblanadi. Atrof-muhit faollari hududdagi o‘rmonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘layotgan plantatsiyalarni zudlik bilan to‘xtatishni talab qilmoqda. 

Prezident Vidodo yangi poytaxt faqat jamot transporti, mototsikl va velosipedlar harakatlanadigan zararli tutunlarsiz shahar bo‘lishini bildirgan. 

“Yangi poytaxt nafaqat davlat idoralariga to‘la shahar, balki butun dunyo bo‘ylab iqtidor egalari va innovatsiyalarni magnitdek o‘ziga tortuvchi markaz bo‘ladi”, degan Prezident Joko Vidodo.

Hozircha umumiy byudjeti 33 milliard AQSH dollari atrofida deb hisoblanayotgan yangi poytaxtning nomi “Nusantara” deya nomlanishi ma’lum qilingan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Indoneziya

Baholaganlar

406

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing