Indoneziya investorlar uchun “oltin viza”ni joriy qilyapti
Olam
−
06 Sentabr 2023
3018Indoneziya hukumati xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida yangi “oltin viza”ni tasdiqladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, rasmiylar bunday vizaga ega bo‘lganlar mamlakatda besh yildan o‘n yilgacha qolishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Ushbu chora milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirishga qaratilgan. Besh yillik viza olish uchun yakka tartibdagi investor 2,5 million dollar kapitalga ega kompaniya tashkil etishi kerak. 10 yil uchun investorlardan 5 million dollar sarmoya talab qilinadi.
Korporativ investorlar besh yillik viza olish uchun 25 million dollar sarmoya kiritishlari kerak. 10 yillik viza ularga 50 million dollarga tushadi.
Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Ispaniya kabi mamlakatlarda oltin vizalar mavjud.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi