Hindistonda 70 kishi alkogoldan zaharlanib vafot etdi

Olam

image

Hindistonda noqonuniy alkogol ichimliklarini iste’mol qilish natijasida 70 dan ortiq kishi vafot etdi, 200 dan ortiq odam shifoxonaga yotqizilgan.

Bunga spirtli ichimliklarning aynigan, ya’ni muddati o‘tgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Jabr ko‘rganlar ichida ayollar ham bor, deyiladi xabarda. 

Mahalliy agentliklarning bergan ma’lumotiga ko‘ra, zaharlanganlar soni tinimsiz oshib bormoqda. Jabrlanuvchilarning barchasi Assam shtatidagi Jorat va Golagat tumanlaridagi choy dalalari ishchilari hisoblanadi.

Golagat tumani katta politsiya ofitseri Pushkar Singxning BBC’ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, hududda 58 kishi noqonuniy alkogol iste’mol qilish oqibatida hayot bilan vidolashgan. Qolgan 12 kishi Jorat tumanida zaharlangan likyor ichishdan vafot etgan. 

“Shifoxonaga keltirilganlarning barchasi kuchli qusish, bosh chanog‘idagi og‘riq va nafas qisishidan shikoyat qilyapti”, deydi Golagat sog‘liqni saqlash boshqarmasi doktori Ratul Bordoloy.

Qonuniylariga nisbatan anchayin arzon bo‘lgan noqonuniy alkogoldan vafot etish Hindistonda havfli tus olmoqda. Rasmiylarga ko‘ra, tekshiruv komissiyasi alkogol bilan bog‘liq o‘limlarni o‘rganib chiqyapti. 

Shtat politsiyasi noqonuniy spirtli ichimliklar savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni fosh qilish va bu turdagi ichimliklarni keragidan ortiq sotish ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘ryapti.
 


Maqola muallifi

Teglar

Alkogol' Hindiston

Baholaganlar

13

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing