Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi
Sport
−
23 may 2018 1 daqiqa
“Barselona”ning afsonaviy sobiq yarim himoyachisi Andres Inesta murabbiylik faoliyatini boshladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Romanoga ko‘ra, Inesta BAAning “Galf Yunayted” klubi bilan kelishuvga erishgan. Tomonlar shartnomaning asosiy shartlari bo‘yicha allaqachon kelishib olgan va rasmiy e’lon uchun faqat yakuniy rasmiyatchiliklarni yakunlash hamda zarur hujjatlarni imzolash qolgan. Ushbu jamoa BAAning ikkinchi divizionida ishtirok etadi.
“Galf Yunayted” 2019 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bir necha yil ichida jamoa BAAning uchinchi divizionidan mamlakatdagi ikkinchi darajali birinchi divizionga ko‘tarilgan. So‘nggi yillarda jamoa “Nyukasl”, “Al-Ittihod”, “Al-Ayn”, shuningdek, Avstraliya va BAA terma jamoalari bilan to‘qnash kelgan.
Ma’lumot uchun, Inesta 2018 yilda “Barselona”dan ketganidan so‘ng faoliyatini Yaponiyaning “Vissel Kobe” klubida davom ettirdi va u yerda besh yil o‘ynadi, keyin esa BAAdagi “Emireyts” klubida to‘p surgan. Inesta rasman 2024 yil 8 oktyabrda professional faoliyatini tugatgandi.

Live
Barchasi