“Imtiyozlar yurti”: terma jamoa a’zolari kollejga imtihonsiz qabul qilinadi

Jamiyat

image

Milliy terma jamoalarga saralab olingan sportchilar imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 10-12 yoshga to‘lgan sportchilar uchun tizimli musobaqalar yo‘lga qo‘yiladi. Terma jamoaga saralab olingan sportchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri, imtihonsiz Olimpiya zaxiralari kollejiga qabul qilinadi. Ular 2025 yilga kelib, O‘zbekistonda o‘tadigan IV yozgi Osiyo o‘yinlariga 4 yil davomida maqsadli ravishda tayyorgarlik ko‘rib boradi.

“Eng katta muammo — murabbiylarning mashg‘ulot jarayonlariga ilmiy, zamonaviy metodologiya asosida yondashmayotgani, yangi sport texnologiyalaridan foydalanmayotgani”, deydi vazir o‘rinbosari.

Ermatovga ko‘ra, 2020 yilda tizimdagi sportga ixtisoslashgan ta’lim muassasalari faoliyati tanqidiy-tahliliy o‘rganilgan.


Maqola muallifi

Teglar

kollej Osiyo o'yinlari Ermatov Imtiyozlar

Baholaganlar

57

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing