Imtihonsiz “prava” olib berishni va’da qilganlar ushlandi
3-sahifa
−
25 iyun
5055Navoiy, Farg‘ona va Samarqandda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unga ko‘ra, Navoiy viloyatida avtomaktab rahbari Z.M. fuqaro Sh.J.ning ishonchiga kirib, go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida Sh.J. va uning turmush o‘rtog‘iga haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan hamda buning evaziga 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shunday holat Samarqandda ham kuzatilgan. Viloyatning Samarqand tumanida U.T. va Sh.A. ismli shaxslar fuqaro M.A.ga tanishlari yordamida 1000 AQSH dollari evaziga haydovchilik guvohnomasini olib berishni aytib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida fuqaro M.M. fuqaro A.Q.ga 1300 AQSH dollari evaziga o‘quv kurslariga qatnashmasdan haydovchilik guvohnomasini olib berishini va’da qilib, oldindan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda soxta “prava”larni pullab kelgan jinoiy guruh qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi