Imtihonlarning birinchi kuni natijalari e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovlarining 29 iyul kuni o‘tkazilgan birinchi kunida ishtirok etgan abituriyentlarning natijalari (to‘plagan ballari) e’lon qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 66 ta katta sig‘imli binoda ikki smenada “Matematika”, “Fizika” va “Ona tili va adabiyoti” fanlari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida ikki smenada jami 71 ming 340 nafar abituriyent ishtirok etishi belgilangan edi. Shundan, 68 ming 736 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Test sinovlariga 2 538 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 53 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlarida 2 576 nafar guruh nazoratchilari ishtirok etdi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha eng yuqori ball:

a) kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:
O‘zbekiston milliy universitetining 5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi – 172,6 ball;

b) sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha:
Andijon davlat universitetining 5110700-Informatika o‘qitish metodikasi ta’lim yo‘nalishi – 142,1 ball;

v) kechki ta’lim shakli bo‘yicha:
Samarqand davlat universitetining 5130100 – Matematika ta’lim yo‘nalishi
127,2 ball.


Maqola muallifi

Teglar

OTM imtihon

Baholaganlar

94

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing