Imtihon “Barselona” uchun muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Kataloniyada jangovar durang qayd etildi

Sport

image

1 mayga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalining ilk o‘yini doirasida “Barselona” o‘z uyida “Inter”ni qabul qildi va jangovar 3:3 hisobida durang qayd etdi. 

O‘yin boshlanishi bilan mehmonlar hujumchisi Markus Tyuram hisobni ochdi. 21-daqiqada Denzel Dyumfris oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 24-daqiqada “Barselona” uyg‘ondi va Lamin Yamal hisobni qisqartirdi. 38-daqiqada Ferran Torres tarozi pallasini tenglashtirdi. Ikkinchi taymning 63-daqiqasida “Inter” himoyachisi Dyumfris o‘z hisobiga dublni rasmiylashtirdi. 65-daqiqada mezbonlar tashkil etgan hujumdan keyin to‘p Zommerga tegib, darvozadan joy oldi. 

Shu tariqa, Kataloniyadagi “otishma”da g‘olib aniqlanmadi. Javob bahsi 7 mayga o‘tar kechasi Italiyaning “San-Siro” stadionida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Evropa Chempionlar ligasi Inter yarim final

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing