Imron Xonga yana 14 yillik qamoq jazosi tayinlandi – “Reuters”
Olam
−
17 yanvar
3440Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon korrupsiyada ayblanib, unga 14 yillik qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Imron Xonning rafiqasi Bushra Bibi ham shu ayblovlar bo‘yicha yetti yillik qamoq jazosiga tortilgan va u sud majlisi yakunida to‘g‘ridan to‘g‘ri hibsga olingan. Sud ularni yirik miqdordagi jarima to‘lashga ham hukm qilgan. Jarima to‘lanmagan taqdirda ularga yana olti oylik qamoq jazosi qo‘llanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Imron Xon va Bushra Bibi 2018 yilda yer maydonlarini pora sifatida olishda va noqonuniy daromadlarni legallashtirishda ayblangan. Ularga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyat Al-Qadir Trust xayriya fondi orqali amalga oshirilgan. Prokuraturaning ta’kidlashicha, fond korrupsiyani yashirish vositasi bo‘lgan.
Imron Xon 2018 yildan 2022 yilgacha Pokiston hukumatini boshqargan. U 2022 yil 10 aprelda parlamentda ishonchsizlik votumi bilan lavozimidan chetlatilgan. Avvalroq, xususan, u jinoiy daromadlarni legallashtirishda ayblanib, 3 yilga, davlat sirlarini oshkor qilganlik uchun 10 yilga, rafiqasi bilan birga korrupsiya ishi bo‘yicha 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Er-xotin barcha ayblovlarni rad etib, ishni siyosiy motivli deb atadi. Xonning partiyasi ham ularni uydirma deb hisoblardi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imron Xon butun mamlakat bo‘ylab fuqarolik itoatsizligi harakatini boshlash bilan tahdid qilgan edi.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar