Import qilinadigan un va osh tuzining sifatiga talab kuchaytiriladi
Jamiyat
−
28 dekabr 2019
37332020 yil 1 apreldan import qilinayotgan un va osh tuzi boyitili haqidagi talab amal qilishni boshlaydi. Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 23 noyabrdagi 260-son qaroriga tegishli qo‘shimcha kiritildi.
Ko‘rsatilgan sanadan boshlab O‘zbekistonga I nav bug‘doy uni va osh tuzini faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda import qilish mumkin bo‘ladi.
Hozirgi kunda mikronutriyentlar bilan boyitilgan bug‘doy unining darajasi ishlab chiqariladigan va import qilinadigan barcha navdagi unning 30 foizini tashkil qilayotganligi shunday qaror qabul qilinishini taqozo etdi. Mikronutriyentlar bilan boyitilgan unni aholining 56 foizi iste’mol qiladi, temir yetishmasligi anemiyasi profilaktikasini ta’minlash uchun aholining 90 foizini qamrab olish darkor.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yil 1 yanvardan boshlab mamlakat ichida I nav bug‘doy uni va osh tuzi faqat mikronutriyentlar bilan boyitilgan holda ishlab chiqariladi va sotiladi.
Ma’lumot uchun, mikronutriyentlar - inson organizmining normal o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan, o‘rnini boshqa narsa bosa olmaydigan oziq-ovqat moddalari (vitaminlar va mineral moddalar).