Imon Karimova onasining Britaniyadagi mulki musodara qilinganini rad etdi
3-sahifa
−
11 avgust 2023
24980Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova onasining Buyuk Britaniyadagi mol-mulki musodara qilingani haqidagi ma’lumotni rad etdi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida yozdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk kompaniyalari tugatilgan va mulklar avtomatik ravishda Buyuk Britaniya hukumatining nominal nazoratiga o‘tgan. Yirik miqdordagi firibgarlikka qarshi kurashish byurosi ham mulklarni musodara qilishini emas, balki ikki xonadon va Karimovaning uyini “nazorat qilish”ini bildirgan.
Shuningdek, Imon Karimova mulklar Gulnora Karimova uni muvaffaqiyatli himoya qilgunicha yaxshi holatda qolishi uchun bo‘lim boshqaruviga o‘tkazilganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Britaniya hukumati O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Belgraviyadagi ikkita kvartirasi va Surreydagi uyini musodara qilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi