Imomali Rahmon vafot etgani aytilmoqda

Olam 94776
image

Ijtimoiy tarmoqlarning qirg‘iz segmentida Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon insult o‘tkazib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ba’zi sahifalarda esa u og‘ir ahvolda ekani aytilgan. O‘z navbatida Imomali Rahmon tojik-qirg‘iz chegarasidagi to‘qnashuvlardan keyin betob bo‘lgani taxmin qilingan.

Biroq bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bunga Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarlar asos bo‘ladi.

Tojikiston Prezidenti saytida e’lon qilingan xabarlarga ko‘ra, Imomali Rahmon bugun, 27 sentyabr kuni bir qator ta’lim ob’ektlari ochilishida qatnashgan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasini yuborgan.

Matbuot xizmati xabarlaridan ma’lum bo‘lishicha, Imomali Rahmon bugun dastlab Dushanbe shahrida Sotim Ulug‘zod nomidagi Tojikiston davlat tillar institutining yangi ma’muriy-o‘quv binosi ochib bergan. Shuningdek, u institutda nutq so‘zlagan.

Sotim Ulug‘zod nomidagi Tojikiston davlat tillar institutining yangi binosi foydalanishga topshirilgach, Imomali Rahmon Davlat tili kunini nishonlash arafasida poytaxt o‘qituvchilari, talabalari va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Shundan so‘ng, Imomali Rahmon va Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisining Milliy majlisi raisi, Dushanbe shahri meri Rustami Imomali Dushanbening Firdavsiy tumanida “Gimnaziya Nuriddin” xususiy o‘rta ta’lim muassasasini foydalanishga topshirgan va uning imkoniyatlari bilan tanishgan.

Shundan kelib, chiqib aytish mumkinki, Imomali Rahmonning insult o‘tkazgani yoki vafot etgani haqidagi xabarlarga haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Ma’lumot uchun, Imomali Rahmon 69 yoshda. U Tojikistonni 1994 yildan beri boshqarib kelyapti.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 3619
Reyting: 3
t
×