Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevni Tojikistonga taklif qildi
Jamiyat
−
29 noyabr 2019
4445Avvalroq, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga kelgani haqida xabar bergan edik.
Imomali Rahmon Toshkentga yetib keliboq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan. Bu haqda Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot, energetika, transport, ta’lim, madaniyat va sarmoyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari ikki davlatning ko‘plab sohalardagi hamkorligidan mamnun ekanligini bildirdi.
Imomali Rahmon Shavkat Mirziyoyevga rasmiy tashrif bilan Dushanbe shahriga borishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 noyabr kuni Toshkentda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Ikkinchi maslahatlashuv kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Sammit kun tartibiga siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari kiritilgan.