Imomali Rahmon Putinga hamdardlik bildirdi

Olam

image

Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga Maxachqal’ada odamlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Telegramma matni bilan Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi. 

“Dog‘iston Respublikasining Maxachqal’a shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida yuz bergan portlash oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qildik. Marhumlarning yaqinlariga samimiy hamdardlik so‘zlarimizni yetkazing. Barcha jabrlanganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman”, deyiladi telegrammada.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 avgust kuni Dog‘iston poytaxti Maxachqal’adagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Dastlab AYOQSH yonib ketgan, keyin olov yoqilg‘i quyish shoxobchasiga o‘tgan va kuchli portlash yuz bergan. Portlashdan deyarli 4 soat o‘tib yong‘in o‘chirilgan.

Dastlab portlash oqibatida 27 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik, biroq so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, favqulodda vaziyat qurbonlari soni 35 nafarga yetgan, ulardan uch nafari bolalardir. 15 avgust respublikada motam kuni deb e’lon qilindi.

Sodir bo‘lgan portlash munosabati bilan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Rossiya yetakchisi Vladimir Putinga hamdardlik telegrammasini yo‘lladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Dog'iston Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing