Imomali Rahmon O‘zbekistonga kelyapti

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon ikki kunlik rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezidentning tashrifi 2-3 iyun kunlariga rejalashtirilgan. 

“Tashrif doirasida Imomali Rahmonning O‘zbekiston oliy rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvlari rejalashtirilgan, buning natijasida bir qator hujjatlar imzolanishi istisno etilmagan”, deya ta’kidlaydi Matbuot xizmati. 

Bo‘lajak uchrashuvlar kun tartibidan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rin olgan. 

Ayni vaqtda Imomali Rahmonning O‘zbekistonga kutilayotgan rasmiy tashrifi munosabati bilan “Xovar” agentligi Tojikiston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Abdujabbor Rahmonzodaning maqolasini e’lon qildi. 

Unda aytilishicha, Prezidentning Toshkentga tashrifi doirasida ishbilarmonlik uchrashuvlari, investitsiyaviy forum, mintaqaviy ilmiy-amaliy anjuman va qator madaniy tadbirlar ham rejalashtirilgan. 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 447,8 million dollarni tashkil etgan, bu 2020 yilga nisbatan 114 million dollar (34,2 foiz)ga ko‘pdir. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelishi bilan ikki davlat o‘rtasida uzoq yillar davom etgan sovuq munosabatlar yumshab ketdi. 

Uning 2018 yil mart oyida Tojikistonga rasmiy tashrifidan so‘ng mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar butunlay o‘zgardi. Masalan, o‘shanda tojikistonliklarga qo‘shni davlat hududiga 30 kungacha vizasiz kirishga ruxsat berilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘nggi bor 2021 yilning 10-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga borgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

207

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing