Imomali Rahmon Prezident va Bosh vazirlar uchun ziyofat berdi (fotoreportaj)
Olam
−
17 Sentabr 2021
33252Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon kecha, 16 sentyabr kuni Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Shanxay hamkorlik tashkiloti a’zolari — davlat rahbarlari hamda ushbu tadbirlarning faxriy mehmonlari sharafiga norasmiy ziyofat uyushtirdi. Bu haqda Tojikiston Prezidenti matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.
Qayd etilishicha, Imomali Rahmon Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov va boshqa mehmonlar bilan birga Respublika hukumatining qarorgohi bo‘ylab sayr qilgan.
“Davlat rahbarlari va boshqa hurmatli mehmonlar Imomali Rahmon ko‘rsatgan tojiklarning an’anaviy mehmondo‘stligidan mamnun bo‘ldi hamda meva, sabzavot va quritilgan mevalar ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatimizning ulkan imkoniyatlari va resurslari bilan yana bir bor tanishdi”, deb yozilgan matbuot xizmati xabarida.
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Tojikiston poytaxti Dushanbe shahriga jo‘nab ketgani haqida xabar bergandik.
LiveBarchasi