Imomali Rahmon ikki taniqli afg‘on arbobini taqdirladi

Olam

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Afg‘oniston Islom Respublikasining ikki taniqli arbobini birinchi darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatiga asoslanib xabar berilgan.  

Manbaga ko‘ra, Afg‘onistonning sobiq Prezidenti, professor Burhoniddin Rabboniy va Afg‘onistonning sobiq Mudofaa vaziri, Afg‘oniston Milliy qahramoni Ahmad Shoh Mas’ud birinchi darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan taqdirlangan. 

Qayd etilishicha, farmonlar Tojikiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. 

Farmonlar matnida ular “1993-1996 yillarda tojiklar o‘rtasida muzokaralarni tashkil etishda yordam va vositachilik qilgani hamda Tojikiston Respublikasida tinchlik o‘rnatilishiga katta hissa qo‘shgani uchun” shunday yuksak mukofot bilan taqdirlangani qayd etilgan. 

Avvalroq, Tojikiston afg‘on qochqinlarining katta oqimini qabul qilolmasligi haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon orden

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing