Imomali Rahmon beshinchi marta qasamyod qildi

Olam 3400
image

Bugun, 30 oktyabr kuni Dushanbedagi “Kohi Somon” saroyida Tojikistonning yangi saylangan Prezidenti Imomali Rahmonning inauguratsiya marosimi o‘tkazildi. Rahmon beshinchi marta qasamyod qabul qildi. Marosim davlat telekanalida jonli efirda namoyish qilindi.

Millat saroyida Rahmonga prezidentlik ramzlari – shtandart, belgi, birinchi darajali “Sitorai prezidenti Tochikiston” (Tojikiston Prezidenti yulduzi) va Prezident guvohnomasi topshirildi.

Shundan so‘ng, Imomali Rahmon “Kohi Somoni” saroyida parlament va Hukumat a’zolari va jamoatchilik vakillari oldida xalq va Konstitutsiyaga sodiqlikka qasamyod qildi.

“Men Prezident sifatida respublika Konstitutsiyasi va qonunlarini himoya qilishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini kafolatlashga, Tojikistonning siyosiy, iqtisodiy va madaniy mustaqilligini himoya qilishga, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga qasam ichaman”, dedi Imomali Rahmon.

Shunday so‘ngi, Rahmonning inauguratsiya marosimi ishtirokichilariga qaratilgan nutqi boshlandi. Unda Tojikistonni rivojlantirishning asosiy yo‘llari haqida aytib o‘tildi.

U Tojikiston xalqiga ishonch bildirib, saylagani uchun minnatdorlik bildirdi.

Rahmonning inauguratsiyasi 2006 va 2013 yildagi kabi horijiy davlatlar rahbarlari ishtirokisiz o‘tkazildi.

1999 yilda Imomali Rahmon ikkinchi marta qasamyod qilganda marosimda yuqori martabali hloijlik mehmonlar ham ishtirok etgan. Jumladan, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ishtirok etib, nutq so‘zalagan.

Mamlakatning yangi saylangan Prezidentining inauguratsiya marosimi tugagandan so‘ng, davlat rahbarining korteji poytaxtning Do‘sti maydoniga boradi, u erda Tojikiston xavfsizlik kuchlari askarlari va ofitserlari ishtirokida harbiy parad bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Imomali Rahmon 11 oktyabr kuni o‘tkazilgan saylovda 90,92 foiz ovoz yig‘ib, saylovda g‘alaba qozondi. bundan avval u 1994, 1999, 2006 va 2013 yillardagi saylovlarda g‘alaba qozongandi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 82
Reyting: 3.2
t
×