Imomali Rahmon ayrim tojik ayollarini tanqid qildi
Olam
−
10 mart
26070Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon milliy madaniyatga yot kiyim kiygan ayollarni tanqid qildi. U bu haqda 9 mart kuni Ramazon oyi arafasida markaziy va mahalliy hokimiyat organlari mutasaddilari, faollar, olimlar va din xodimlari bilan uchrashuvida so‘z ochdi.
Unga ko‘ra, Tojikistonda milliy liboslarning chiroyli va rang-barang ko‘rinishlari ishlab chiqiladi. Shunga qaramay, Rahmon ko‘plab ayollarning Hajdan qaytgach, kiyimidagi o‘zgarishlarni, xatti-harakatlari, takabburlik qilishi, omma oldida o‘zini ko‘rsatishga urinishini jiddiy tanqid qilgan.
"Haj ziyoratiga boradigan ayollarning aksariyati qaytib kelgach, boshqalardan ajralib turish uchun madaniyatimizga yot bo‘lgan kiyimlarni kiyib, uni targ‘ib qilmoqda", degan u.
Tojikiston rahbarining so‘zlariga ko‘ra, tojik ayollarining oldingi avlodi o‘ziga xos milliy kiyim uslubiga ega bo‘lib, uni o‘z qizlariga meros qilib qoldirgan – bu go‘zallik va rang-baranglik bilan birga, mamlakatning qadimgi aholisining axloqiy va diniy qadriyatlarini aks ettiradi.
U majlis davomida Xotin-qizlar va oila masalalari qo‘mitasiga tojikistonlik ayollarning diniy va ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mahalliy dizaynerlar bilan hamkorlikda bejirim va rang-barang milliy liboslar modellarini tayyorlab, taqdim etish bo‘yicha topshiriq bergan. Shuningdek, kiyim-kechak tojikistonlik ayollarning diniy va ma’naviy ehtiyojlariga mos kelishiga ham e’tibor qaratgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imomali Rahmon amaldorlarga kamida ikkita chet tilini o‘rganishni buyurgan edi.
LiveBarchasi