Imomali Rahmon Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga kutilayotgan xavfni aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Jangarilarning Yaqin Sharqdan boshqa mintaqalarga ko‘chirilishi Afg‘onistondagi terrorchilik tashkilotlarining mavqeini mustahkamlaydi va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Buni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bugun, 18 oktyabr kuni Dushanbeda o‘z ishini boshlagan Terrorizmga qarshi kurashda xalqaro va mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha yuqori darajadagi konferensiyada so‘zlagan nutqida ta’kidladi. 

“Hozirgi sharoitda Yaqin Sharqdan terrorchi jangchilarning boshqa mintaqalarga ko‘chirilishi va shu munosabat bilan Afg‘onistonda xalqaro terrorchilik tashkilotlari pozitsiyalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda”, deydi Rahmon. 

Unga ko‘ra, terrorchi guruhlar o‘zlarining og‘ir geografik va iqlim sharoitlaridan foydalanib, chekka hududlarda chegarani kesib o‘tishga urinishlarini to‘xtatmayapti. Mintaqa xavfsizligiga jiddiy tahdidlar qatorida Rahmon ekstremistik g‘oyalarni yoshlarga singdirish va ekstremistlarning uxlab yotgan yacheykalari mavjudligini ko‘rsatdi.  

“Afsuski, dunyoning ayrim mintaqalarida terrorizmning turli ko‘rinishlari oqlanib, ekstremistik mafkura shiorlari ostida ayrim guruhlar ongiga singdirilmoqda”, deydi Prezident. 

Rahmon xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarning salmoqli ishlariga qaramay, mamlakatlarda ushbu xavfli hodisani aniqlashda yagona terminologik va huquqiy yondashuv mavjud emasligini urg‘uladi. 

“Barcha manfaatdor tomonlar terrorizm va ekstremizmning batafsil talqinini, shuningdek, ularga qarshi kurashish bo‘yicha umumiy yondashuvlarni qabul qilmaguncha, ushbu aksilinsoniy hodisalarga qarshi kurashda mamlakatlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish amalda imkonsiz bo‘lib qoladi”, deya xulosa qildi Prezident. 


Maqola muallifi

Teglar

Imomali Rahmon

Baholaganlar

384

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing