Ilova va messenjerlar smartfonga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Texnologiya

image

Smartfondan u yoki bu ilovani butunlay o‘chirib tashlash bo‘yicha yakuniy qaror faqatgina foydalanuvchining o‘zida qoladi. Ushbu qarorni to‘g‘ri qabul qilish uchun har qanday ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning ijobiy va salbiy tomonlari borligini bilish kerak. Bu haqda "Intellektual zahira" kompaniyasi direktori Pavel Myasoyedov gapirib o‘tdi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ularning yaxshi tomoni sayyoraning istalgan burchagidan yaqinlar bilan muloqot qilish va aloqani saqlab turish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Yomon tomoni esa foydalanuvchilarni kuzatib borilishi.

"Masalan, Facebook’ning asosiy kamchiliklari foydalanuvchilarni kuzatib borish va faqat mana shu qiziqish sabab tasmalarni shakllantirishdir. Shuningdek, kompaniya bir necha bor nima uchun do‘stlarining ba’zi xabarlari tasma ichidan yo‘qolganini tushuntirib berishi kerak edi", deya ta’kidlaydi ekspert.

Unga ko‘ra, agar egasi kamdan-kam ishlatsa, Facebook ilovasi telefondan butunlay o‘chirib tashlash kerak, chunki u qurilma xotirasida juda ko‘p joy egallaydi va ko‘p quvvat tortadi. Ko‘pgina foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, Facebook’dagi tasmani kompyuterdan o‘qigan ma’qul, chunki mobil dastur smartfon batareyasini tezda quvvatsizlantiradi.

“Umuman olganda, o‘yinlar, messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlarni ishlash uchun kerak bo‘lmasa telefoningizdan butunlay o‘chirib tashlash haqida o‘ylab ko‘rish kerak. Bu o‘zingizga va yaqinlaringizga ko‘proq vaqt ajratishga imkon beradi. Messenjerlarni tekshirish va xabarlarga kuniga bir necha marta javob berish kifoya qiladi”, deb maslahat beradi Myasoyedov.


Maqola muallifi

Teglar

smartfon messenjer

Baholaganlar

105

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing