Ilon Maskning telbanamo so‘rovnomasi natijasi ma’lum bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter’dagi sahifasi kuzatuvchilariga so‘rovnomada ishtirok etish orqali o‘zi egalik qiluvchi Tesla kompaniyasining 10 foiz aksiyasi taqdirini belgilashni taklif qilgandi. U so‘rovnoma natijasiga ko‘ra yo‘l tutishga va’da bergandi. 

Sayyoradagi eng boy milliarder qimmatli qog‘ozlarni sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li ekanligini aytgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, Ilon Mask tomonidan tashkil etilgan so‘rovnomada ishtirok etganlarning aksariyati elektromobil ishlab chiqaruvchisining 10 foiz aksiyalarini sotishga ovoz bergan. So‘rov natijalari milliarderning akkauntida chop etilgan. 

Ishtirokchilarning 57,9 foizi savdoni yoqlagan, 42,1 foizi qarshi chiqqan. So‘rovda jami 3,5 million kishi ishtirok etgan. 

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning noyabr oyi boshida Tesla aksiyalari ko‘tarilishi fonida Ilon Maskning boyligi 300 milliard dollardan oshdi. U sayyoradagi eng boy odamga aylandi. Shu bilan birga, Tesla’da milliarder maosh olmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya aksiyalarini sotish soliq to‘lashning yagona yo‘li hisoblanadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask Tesla’ning 170,5 millionga yaqin aksiyasiga egalik qiladi va 10 foiz ulush taxminan 21 milliard dollarni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

aktsiya so'rovnoma Ilon Mask

Baholaganlar

618

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing