Ilon Maskka 500 ta xat yozgan yigit Tesla’ga ishga olindi
Olam
−
02 noyabr
18680Hindistonlik Dhruv Loya ismli erkak amerikalik milliarder, SpaceX va X asoschisi Ilon Maskka 500 ta xat yozib, uning Tesla kompaniyasiga ishga qabul qilindi. Bu haqda “Mint” xabar berdi.
U o‘z orzusi yo‘lida ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelgan, jumladan, ijara va tibbiy sug‘urtasini yo‘qotgan, lekin chidamli bo‘lib, oxir-oqibat o‘z sayohati bilan boshqalarni ilhomlantirgan.
Loya ilk bor AQSHga talaba sifatida xalqaro dastur orqali borgan. U Amerika universitetini yaxshi baholar bilan muvaffaqiyatli tamomlagan. O‘qishni tugatgandan so‘ng Loya IT-kompaniyalarida hech qanday maoshsiz amaliyot o‘tagan. Biroq yaxshi rezyumega qaramay, u ish topa olmagan. Besh oy davomida yigit do‘stlari bilan tunab, ijtimoiy ta’minotsiz yashab, vizasi muddati tugagani sababli yaqin orada deportatsiya qilinishidan qo‘rqib yurgan.
U umidsizlikka tushib, har qanday holatda ham eng mashhur elektromobillarni ishlab chiqaradigan milliarder Ilon Maskka tegishli Tesla kompaniyasiga ishga kirishga qaror qilgan. Loya 300 martadan ortiq ariza topshirgan, kompaniyaning turli bo‘limlariga 500 ga yaqin xat yuborgan, shuningdek, besh oy davomida o‘nga yaqin suhbatdan o‘tgan. Oxir-oqibat, uning harakatlari muvaffaqiyatga olib kelgan: u kompaniyadan taklif olgan va texnik yordam bo‘yicha mutaxassisga aylangan.
Loya o‘zining LinkedIn sahifasida Ilon Maskning Tesla kompaniyasiga ishga joylashish haqidagi ilhomlantiruvchi sayohati bilan o‘rtoqlashgan.
LiveBarchasi